Ispaniyaning Latartera shahridagi qariyalar uyida koronavirusga qarshi emlashdan so`ng barcha qariyalar infeksiyaga chalindi. 7 kishi esa vafot etgani xabar qilinmoqda.
Ular Pfizer vaksinasi bilan emlangan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, birinchi preparat 13 yanvarda yuborilgan. Oradan 6 kun o`tib 10 kishida kasallik alomatlari aniqlandi. Hozirda ularning soni 78 nafarga etdi.
Shu bilan birga, qariyalar uyi rahbariyati barcha sanitariya me`yorlariga rioya qilinganligini ta`kidlamoqda.
Pandemiya boshlanganidan beri bu erda infeksiya bo`yicha birorta ham holat qayd etilmagandi.






