1

Britaniyaning Burberry kompaniyasi moda namoyishlarini qisqartirishga qaror qildi

Dunyo 08.02.2016, 13:23
Britaniyaning Burberry kompaniyasi moda namoyishlarini qisqartirishga qaror qildi

Britaniyaning Burberry kompaniyasi rahbariyati moda namoyishlarini yiliga ikki barobar qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Yangi kolleksiyalar taqdimoti endi faqat sentyabr va fevral oylarida bo`lib o`tadigan bo`ldi. Erkak va ayollarning so`nggi urfdagi kiyimlari namoyishi bir vaqtda o`tkazilib, ularni namoyish tugagandan darhol sotib olish mumkin.

Burberry — Britaniyaning 1856 yildan beri faoliyat ko`rsatgan brendi bo`lib, erkak va ayollar kiyimi, parfyumeriya, turli aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Brendning mahsulot belgisi — qizil, qora, oq va sarg`ish-kulrang kataklardan iborat.

Namoyish tartibini amerikalik dizayner Tom Ford o`zgartirishga qaror qildi. Fevralda o`tkazilishi lozim bo`lgan kiyimlar namoyishi uni sotuvga chiqarish paytiga to`g`ri kelishi uchun sentyabr oyiga ko`chirildi.

Tom Ford — amerikalik dizayner-modeler bo`lib, u Tom Ford brendining asoschisidir. U Gucci va Yves Saint Laurent modalar uyida kreativ direktorlik vazifasini bajarib, mashhurlikka erishdi. Tom Ford modelerlikdan tashqari kino yaratish bilan ham shug`ullanadi. Uning 2009 yildagi “Yolg`iz erkak” filmi “Oskar” mukofotiga da`vogarlik  qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1