AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda YPX xodimiga “Hayfsan” e`lon qilindi

'Qashqadaryoda YPX xodimiga “Hayfsan” e`lon qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda savodsiz GAI xodimi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotgan edi 

IIV YHXBB Axborot xizmati ning ma`lum qilishicha, o`tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining me`yoriy buyrug`i talablarini buzganligi uchun Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi J.Qurbonovga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazosi qo`llanilib, fuqaro B.X.ga nisbatan rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnoma O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 271-modda (Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar)si 1-qismining 1-bandi tartibida bekor qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar