AsosiySalomatlik

Nurmat Otabekov "britancha" shtamm qanday belgilar bilan kechishi haqida ma`lum qildi

'Nurmat Otabekov "britancha" shtamm qanday belgilar bilan kechishi haqida ma`lum qildi'ning rasmi

Koronavirusning "britancha" shtammi bilan kasallanganda bosh og`rig`i, mushaklardagi og`riq, tez boshlangan va avjiga chiqqan yo`tal, ba`zan ko`ngil aynish kabi klinik belgilar kuzatiladi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov ma`lum qildi.

«Britancha" shtammning koronavirusning avvalgi shakllaridan farqi unda hid va ta`m bilish yo`qolishining nisbatan kamroq kuzatilishidadir. Boshqa ko`rsatkichlar bir-biriga o`xshash.

Bu shtamm boshqalariga nisbatan tezroq tarqalyapti va bolalarga ko`proq yuqyapti. Shuni ta`kidlash lozimki, bu virusning oxirgi mutasiyasi emas. Virus ham izlanishda va u yangi shtammlarini paydo qilish orqali o`zining himoyasiga harakat qilmoqda. Bundan fojia yasamaslik kerak", degan u.

Mavzuga doir:

«Britancha» shtammni aniqlash shu darajalik qiyin jarayonmi, nega uni aniqlash uchun besh kun vaqt sarflandi? Nurmat Otabekov javob berdi

    Boshqa yangiliklar