1

Amerikalik sportchilar Zika virusi tufayli Braziliya olimpiadasida qatnashmasligi mumkin

Dunyo 08.02.2016, 14:02
Amerikalik sportchilar Zika virusi tufayli Braziliya olimpiadasida qatnashmasligi mumkin

AQSh xalqaro olimpiya qo`mitasining sport federasiyasiga bergan xabariga ko`ra, sog`ligidan xavotirda bo`lgan amerikalik sportchilar Zika virusi yuqtirmaslik maqsadida Rio-de-Janeyroda o`tkaziladigan Olimpiada o`yinlarida qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega, deb xabar beradi “Vesti” nashri.

Mahalliy OAV bergan ma`lumotga ko`ra, sportchilarning olimpiadada qatnashmaslikdan bosh tortishga haqqi borligi Amerika olimpiya qo`mitasi a`zolarining yanvar oyining oxirida sport federasiyasi rahbarlari bilan bo`lgan telefon orqali muloqatida aniq bo`lgan.

Qilichbozlik federasiyasi prezidenti Donald Entonining aytishicha, barcha federasiya rahbarlariga agar Braziliyaga borishdan xavfsirayotgan bo`lishsa, olimpiadada qatnashmasliklari mumkinligi bildirilgan.

Shu kunga qadar dunyoning 27 mamlakatida Zika virusini yuqtirgan odamlar borligi ma`lum bo`ldi. Shimoliy Amerika, Osiyo-Tinch okeani hududlari bo`lmish — Barbadosda, Boliviyada, Braziliyada, Venesuelada 20 ming kishi, Kabo-Verde, Kolumbiya, Ekvador va Salvadorda,Fidjida, Fransuz Gvineyasida, Gvadelupada, Gvatemalada, Gaitida, Gondurasda, Maldivda, Martinikada, Meksikada, Yangi Kaledoniyada, Panamada, Paragvayda, Puerto-Rikoda, Sen-Marteneda, Samoada, Solomon orollarida,  Surinam va Taylandda ham odamlar Zika virusini yuqtirganliklari aniqlangan.

Zika virusi maymunlarning o`tkir infeksion kasalligi bo`lib, insonlarga pashshalar orqali yuqadi. Kasallik bezgak tarzida kuzatilishi mumkin. Bu virusni yuqtirgan homilador ayollarda bo`lajak farzandining miyasi zararlanib, mikrosefaliyani yuzaga keltirishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1