AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan "qoidabuzar haydovchi"ga 2.230.000 so`m jarima belgilandi

'Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan "qoidabuzar haydovchi"ga 2.230.000 so`m jarima belgilandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Qoidabuzar “Spark” haydovchisi piyodani urib tan jarohati etkazishi mumkin edi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi.

 O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu video lavhada joriy yilning 29 yanvar kuni Buxoro shahar, Ibn Sino ko`chasida “Spark” rusumli,  80 M 469 KA davlat raqam belgili avtomobil piyodalar o`tishi uchun belgilangan joydan yo`lni kesib o`tayotgan piyodaga yo`l bermasdan, yo`l-transport hodisasi yuzaga kelishi mumkin bo`lgan harakatlar sodir etganligi aks etgan.

Shuningdek, video lavha o`rganilgan va Buxoro shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, “Spark” rusumli,  80 M 469 KA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi Q.S.ga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 1285-moddasi 2-qismi tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravari, ya`ni 2.230.000 (ikki million ikki yuz o`ttiz ming) so`m jarima jazosi belgilangan.

Boshqa yangiliklar