AsosiyJamiyat

Uchtepada ikki haydovchi yo`l talashib pichoqlashdi

'Uchtepada ikki haydovchi yo`l talashib pichoqlashdi'ning rasmi

Uchtepa tumanidagi Farhod ko`chasida ikki haydovchi yo`l talashib pichoqlashdi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
Xabarga ko`ra, 29 yanvar kuni taxminan soat 15:50 larda Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 23 yoshli A.N. tan jarohatlari bilan kasalxonaga keltirilgan.

Ma`lumot berilishicha, A.N. shu kuni soat 02:30 larda Uchtepa tumanidagi Farhod ko`chasida o`zining boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtomobilida ketayotganida «Nexia-1» rusumli avtomobil haydovchisi bilan «yo`l talashish» oqibatida o`zaro nizo kelib chiqqanligini, janjal natijasida «Nexia-1» haydovchisi 26 yoshli O.K. o`zining avtomobili salonidan pichoq olib, A.N. ga tan jarohati etkazganligini va hodisa joyidan yashiringanligini ma`lum qilingan.

O.K. ushlangan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi («Bezorilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Uning boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtomobil ayrim tergov harakatlarini o`tkazish uchun Uchtepa tumani IIO FMB binosiga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar