Bu haqda AOKAdagi brifingda Madaniyat vazirligi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Qurbonmurod Omonqulov ma`lum qildi.
"2013-2018 yillar mobaynida respublikadagi 269 ta madaniyat markazi mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan ta`mirlandi.
147 ta madaniyat markazi 2019-2022 yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta`mirlanadigan va jihozlanadigan muassasalarning tasdiqlangan ro`yxatiga kiritilgan.
Joriy yilda 23 ta madaniyat markazini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlash uchun davlat byudjeti va investisiya mablag`lari hisobidan 90 mlrd 172 mln so`m mablag` ajratilishi rejalashtirilgan. Mazkur mablag`lar hisobiga 6 ta rekonstruksiya, 17 ta kapital ta`mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilangan», - dedi Qurbonmurod Omonqulov.






