AsosiySalomatlik

Koronavirusning “britancha” shtammi bolalarda o`z alomatlarini qanday namoyon qiladi?

'Koronavirusning “britancha” shtammi bolalarda o`z alomatlarini qanday namoyon qiladi?'ning rasmi

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammining bolalardagi alomatlari haqida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullaeva SSV Matbuot xizmatiga quyidagilarni ma`lum qildi: 

Unga ko`ra, bolalarda uchragan koronavirus “britancha” shtammining simptomlari quyidagilardan iborat:  

  • bosh og`rig`i;  
  • tana xaroratining ko`tarilishi;  
  • qorinda og`riq;  
  • kuchli xolsizlik;  
  • ishtaxaning yo`qolishi;  
  • tildagi shish yoki qizarish (“qulupnaysimon” til);  
  • yanoqlar va kaftlarning qizarishi;  
  • ba`zi bolalarda multitizimli yallig`lanish sindromi, toksik shok, miokardit kabi holatlar ham kuzatilishi mumkin.

 

“Britancha” shtamm keng tarqalayotgan bo`lsa-da, olimlar tomonidan uni o`rganish davom etmoqda. Virus kasallikning engil yoki simptomlarsiz kechuvida ham turli xil asoratlar keltirib chiqarayotgani aniqlangan.  

Mutaxassis yurtdoshlarimizdan o`z sog`liqlarini asrash uchun quyidagi talablarga rioya qilishlarini so`radi:  

  •  britancha shtamm tarqalgan davlatlarga vaqtincha bormay turish;
  •  oilada, ko`chalarda, korxonalar va tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilish;
  •  bolalar ko`p bo`ladigan maskanlar – maktabgacha ta`lim tashkilotlari, maktablar va kollej, lisey, texnikum hamda oliy ta`lim muassasalarida karantin qoidalariga rioya qilish;
  •  doimiy ravishda niqoblarni qoidaga rioya qilgan ravishda taqish, ijtimoiy masofani saqlash va qo`llarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish;
  • vitaminlarga boy mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni iste`mol qilish;
  • doimiy jismoniy faollik bilan shug`ullanish.

 

Shamollash alomatlari paydo bo`lsa, oilaviy shifokorga murojaat qilish, o`z vaqtida shifokor nazoratidan o`tish va samarali davolanish talab etiladi. Shu bilan kasallikni yoki uning asoratlarini oldini olish mumkin.  

 

    Boshqa yangiliklar