AsosiyJamiyat

Koronavirusning «britancha» shtammi odamlarga qanday havf solmoqda?

'Koronavirusning «britancha»  shtammi odamlarga qanday havf solmoqda?'ning rasmi

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus yangi shtammining dunyo bo`ylab tarqalishi kundan kun kuchaymoqda va bu mutasiyaga uchragan yangi shtamm yurtimizda ham aniqlandi. Mazkur shtamm haqidagi SSV Matbuot xizmatining savollariga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:  

"— Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi kuzatilgan davlatlarning shifokor va olimlarining xulosalariga ko`ra, yangi shtamm oldingi koronavirusga nisbatan 71 foizga yuquvchan va tarqaluvchanligi juda yuqori. Bu infeksiya ko`proq bolalar va o`smirlarda tarqalmoqda.  

“Britancha” shtammga xos bo`lgan xususiyat – uning tez boshlanishi. Bu shtammni yuqtirgan odam bir soatdan so`ng umumiy holsizlikni his qila boshlaydi.  Tana haroratini ko`tarilishi +39°S gacha yoki undan yuqori bo`ladi. Quruq yo`tal, ko`p holatlarda tomoq qirilishi bilan keladi. Yo`tal og`riqsiz bo`lsa-da, bemorda bosh og`rig`i va ta`m bilishning yo`qolishi kuzatiladi.

Buyuk Britaniya shifokorlari fikricha, yangi shtammni yuqtirganda oyoqlarning pastki qismlarida toshmalar, po`rsildoqlar paydo bo`lishi kuzatilishi, charchoqning kuchayishi, mushaklar va suyaklar ichida og`riq bo`lishi aniqlangan. Ba`zi bemorlarda eshitish qobiliyati ham pasaygan.

“Britancha” shtamm birlamchi koronavirus kabi inson organizmidagi zaif a`zolarga birikib, kasallik chaqiradi. Ba`zi bemorlarda oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, ya`ni diareya yoki qabziyat, qorindagi og`riqlar ham qo`shiladi. Bunday holatlarda dori vositalari qiyin ta`sir etadi, bu esa davolashda qiyinchiliklarni tug`dirishi mumkin", dedi Sevara Ubaydullaeva.

    Boshqa yangiliklar