AsosiyJamiyat

Milliy palata va Yonse universiteti muzokaralar o`tkazdi

'Milliy palata va Yonse universiteti muzokaralar o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi va Yonse universiteti (Koreya) o`zaro hamkorlik qilish yo`nalishlari muhokama etilgan muzokaralar olib bordi.

Yonsei University vakillari bilan onlayn shaklidagi uchrashuv 2021 yil 27 yanvarda Xalqaro hamkorlik bo`yicha Koreya agentligi ofisi (KOICA) ko`magida O`zbekistonda bo`lib o`tgan.

«O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimiga innovasiyani joriy etish mazkur davlat tizimining asosiy vazifasi sanaladi. Shuning uchun Koreya Respublikasining nufuzli bilim yurtlari uchtaligi va dunyoning eng yaxshi TOP-100 tarkibiga kiradigan Yonse universitetining yuqori reytingini inobatga oladigan bo`lsak, serunum hamkorlik o`rnatishga hamma asoslar mavjuddir», — deb ta`kidladi uchrashuv ochilishida Milliy palata raisi Rovshan Izamov.

Koreya Respublikasi o`zining xalqaro hamkorligining bugungi bosqichida hududiy jihatdan O`zbekiston Respublikasini ham o`z ichiga oladigan «Shimoliy loyiha»ga katta e`tibor qaratadi. Bu erda asosiy ustuvor etib ta`lim va tibbiyot belgilangan. 

Buni onlayn uchrashuv davomida Yonse universiteti tibbiyot kollejining gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti Yun San Chxol va mazkur kollej pedagogi Li Ire ham ta`kidladi. 

Hozirgi vaqtda Yonse universiteti tomonidan Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti bilan birgalikda qo`shma loyihani amalga oshirish boshlangan. Koreya universiteti vakillari loyihaning 4 yilga mo`ljallangani, shuningdek O`zbekiston Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi ko`magi ko`zda tutilgan rejaning katta samarali va natijadorligini qo`lga kiritishga yordam berishini ta`kidladi. 

  • Shu o`rinda, — deb ta`kidladi R. Izamov, — Koreya Respublikasi 

Sog`liqni saqlash tizimining zamonaviy uslublari O`zbekistonning hududiy tibbiyoti darajasiga katta ijobiy ta`sir etadi. Xususan, eng dolzarb mavzulardagi vebinarlar mamlakat viloyatlari shifokorlari orasida juda talabgordir. Milliy palata tomonidan TIKA (Turkiya) bilan hamkorlikda 2020 yil dekabrida butun O`zbekistondan 500 nafar shifokor ishtirok etgan laparoskopiya jarrohligi bo`yicha vebinar tashkil etilgan. Bunday sermazmun auditoriyani  tayyorlashda Milliy palataning hududiy bo`linmalari faol ishtirok etdi. 

Onlayn shakldagi uchrashuv sog`liqni saqlash tizimining deyarli barcha manfaatdor mutaxassislariga o`zlarining kasbiy darajasini oshirish, xalqaro ekspertlar bilan suhbatlashish va o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkonini beradi ekan, bunday tajribani davom ettirish kerak. 

Muzokaralar davomida hamshiralik ta`limiga innovasion yondashish mavzusi faol muhokama etildi. Koreya modeli asosida bu sohada o`rta tibbiyot xodimlarining roli va ahamiyatini, mutaxassislarining malakasini keskin oshirish mumkin. Mazkur masala muhokamasida Yonse universiteti Hamshiralar kollejining dosentlari Kim San Xi va Choy Inken ishtirok etdilar. 

Tomonlar hamshiralik ta`limi innovasion modeli bo`yicha ilk loyihani O`zbekiston kollejlarining biri bazasida amalga oshirish muhimligini ta`kidladi. Shuningdek, mazkur yo`nalishni kelgusida ishlab chiqish bo`yicha kelishib oldilar. 

Shuningdek, Milliy palata tomonidan muvofiqlashtirib turiladigan Klinik protokollarni ishlab chiqish sohasidagi birgalikda ishlash imkoniyatlari muhokama etildi. Har ikkala tomon mutaxassislari Klinik protokollarning puxta ishlab chiqilishi, ularning maksimal darajada amaliyligi va xalqaro standart talablariga mosligiga erishish aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishning asosi sanalishi haqida hamfikr bo`ldilar. 

R. Izamov shuningdek, O`zbekistonga sog`liqni saqlash sohasida xalqaro akkreditasiya bo`yicha organlarni jalb etish bo`yicha Miliy palata tajribasini ta`kidladi. Masalan, Milliy palata tashabbusi bilan Toshkenga tibbiyot muassasalarini ularning sifat va xavsizligi borasida ma`lum standartlar bo`yicha akkreditasiyadan o`tkazish bilan shug`ullanuvchi JCI (Joint Commission International) kompaniyasi vakillari kelgan. 

JCI ekspertlari shifoxonalarga tashrifi natijasida akkreditasiyaga tayyorgarlik ko`rishga tayyorgarlik bo`yicha muhim tavsiyalar berganlar. Bu esa ushbu jarayonga manfaatdor tibbiyot tashkilotlarining qiziqishini uyg`otdi.   

Xalqaro akkreditasiya va sertifikasiyalashning muhimligini Yonse universiteti vakillari ham tasdiqladi. Ular mazkur universitetdagi tibbiyot klinikasi ham xalqaro akkreditasiyadan muvaffaqiyatli o`tganligini, hamda zamonaviy tibbiyotdagi ushbu muhim tajriba bilan o`rtoqlashishga tayyor ekanligini g`urur bilan ta`kidladi.

Koreyalik hamkorlar Milliy palataning innovasion yondashuviga katta qiziqishi borligini, hamda oldinda turgan hamkorlik yo`nalishlarini batafsil ishlab chiqish zarurligini ta`kidladi. 

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar