Estoniya parlamenti deputati Yaak Medison AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida tavsiya qildi. Bu haqda u Facebook’da ma`lum qilgan.
Medisonning ta`kidlashicha, Tramp 30 yil ichida Qo`shma Shtatlarning yangi urushlarni boshlamagan birinchi prezidenti bo`ldi. Bundan tashqari, siyosatchi "mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta`minlashga yordam bergan" bir qator tinchlik shartnomalarini imzoladi. Bunga, boshqa narsalar qatori, arab davlatlari va Isroil o`rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo`yicha kelishuvlarni ham kiritish mumkin, deya ta`kidladi estoniyalik deputat.
«Tinchlik bo`yicha Nobel mukofotiga da`vogarlar parlament a`zolari tomonidan ham ko`rsatilishi mumkinligi sababli, men bu imkoniyatimdan foydalandim. Mukofotga nomzod ko`rsatish muddati 31 yanvar yarim tunda tugashi belgilangan., men buni muddatdan roppa-rosa ikki soat oldin o`z taklifimni kiritdim », - deydi Medison.






