O`zbekistonda navbatdagi prezident saylovlari 2021 yil 24 oktyabrda bo`lib o`tadi. Bu haqda seshanba kuni TASSga O`zbekiston parlamenti Qonunchilik (quyi) palatasi birinchi vise-spikeri Akmal Saidov ma`lum qilgan.
"Qonunchilik palatasi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga muvofiq respublikada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2021 yil dekabr oyining uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida emas, balki shu yilning 24 oktyabrida bo`lib o`tadi", - degan Saidov..
O`tgan hafta O`zbekiston parlamentining quyi palatasi qonun loyihasini ko`rib chiqdi va birinchi o`qishda qabul qildi, unga ko`ra respublikada navbatdagi prezident saylovlari 2021 yil dekabr oyining uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida kutilganidek emas, balki ikkita oy oldin bo`lib o`tadi. Tushuntirilishicha, bu saylovdan keyingi siyosiy voqealar kechiktirilmasligi uchun qilingan. Ushbu qonun loyihasiga binoan respublikada xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga (kengashlariga) saylovlarni o`tkazadigan okrug saylov komissiyalari instituti tugatiladi, ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalariga o`tkaziladi. Hujjatga muvofiq, saylov komissiyalari nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish majburiyatini olmaydi. Shuningdek, saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatini 10 kundan besh kungacha qisqartirish taklif qilindi.
Eslatib o`tamiz, Birinchi Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O`zbekiston rahbari uchun avvalgi saylovlar 2016 yil 4 dekabrda muddatidan oldin o`tkazilgan edi. Ularda respublikadagi mavjud to`rtta siyosiy partiyalardan nomzodlar ishtirok etishdi. Ularni O`zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi tomonidan ko`rsatilgan Shavkat Mirziyoev birinchi bosqichda 88,61 foiz natija bilan g`alaba qozongan. O`zbekiston Prezidentining vakolat muddati besh yil.






