Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma`lum qildi.
Qonunbuzilishlar sohalar bo`yicha tahlil qilinganda:
4 731 ta holatda xalq ta`limi tizimidagi tashkilot va umumta`lim maktablari mansabdor shaxslari tomonidan o`qituvchi va boshqa xodimlarining mehnat huquqlari buzilgan,
6 600 ta holatda tibbiyot muassasalarida,
1 397 ta holatda qurilish sohasida,
986 ta holatda qishloq xo`jaligida,
667 ta holatda oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida,
1 094 ta holatda sanoat korxonalarida,
509 ta holatda transport sohasida
90 ta holatda savdo va xizmat ko`rsatish korxonalarida mansabdor shaxslar tomonidan xodimlarning huquqlari buzilgan.






