AsosiyJamiyat

O`zbekistonda mavjud 14 446 ta ko`prik va yo`l o`tkazgichning 5 476 tasi ta`mirtalab

'O`zbekistonda mavjud  14 446 ta ko`prik va yo`l o`tkazgichning 5 476 tasi ta`mirtalab'ning rasmi

Bu haqda AOKA o`tkazilayotgan matbuot anjumanida "Ko`prikqurilishfoydalanish" Unitar korxonasi rahbari Anorboy Annaqulov ma`lum qildi.

"- Unitar korxona faoliyati davomida umumiy uzunligi 140 km dan ziyod 1424 ta ko`prik, yo`l o`tkazgich va tonnel qurib bitkazilgan. Umumiy uzunligi 13 km li 270 ta sun`iy inshoot barpo etilgan.

Xatlov natijalariga ko`ra respublika hududidagi mavjud ko`prik va yo`l o`tkazgichlarning umumiy soni 14 446 donani tashkil etadi.

Ushbu ko`priklarning texnik holati vizual o`rganilganda 5 476 tasi ta`mirtalab ekanligi aniqlandi.

️Ta`kidlash lozimki, aksariyat ta`mirtalab ko`priklar ancha oldin qurilgan bo`lib, ushbu ko`priklarning bugungi kunda yuk transport vositalarini ko`tarish qobiliyatiga mos kelmaydi.

Avtomobil yo`llari qo`mitasi tomonidan 2020 yilda  

100 dan ortiq ko`priklar va yo`l o`tkazgichlarni ta`mirlash ishlari bajarilib foydalanishga topshirildi.

2021 yilda ushbu ko`rsatkichlarni bir baravarga ko`tarish rejalashtirilgan bo`lib, 200 dan ortiq yo`l ko`priklar va yo`l o`tkazgichlarni ta`mirlash ishlarini amalga oshirilishi ko`zda tutilmoqda.  

Mazkur ta`mirtalab va yaroqsiz ko`priklarni ta`mirlash ishlari uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra jami 16,0 trln.so`m miqdorda mablag` talab etiladi", - dedi  Anorboy Annaqulov.

 

    Boshqa yangiliklar