AsosiyDunyo

Bugundan yigirmata davlat fuqarolarining Saudiya Arabistoniga kirishi vaqtincha to`xtatildi

'Bugundan yigirmata davlat fuqarolarining Saudiya Arabistoniga kirishi vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Milliy matbuot markazining rasmiy kanalida  ma`lum qilindi.

Taqiq ro`yxatiga tushgan davlatlar quyidagilardir:

 Argentina, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, AQSh, Indoneziya, Italiya, Pokiston, Britaniya, Turkiya, Shvesiya, Fransiya, Livan, Misr, Hindiston, Yaponiya, Irlandiya, Braziliya, Portugaliya, Shveysariya va Janubiy Afrika Respublikasi. Taqiq diplomatlar, tibbiyot xodimlari va ularning oila a`zolariga tatbiq qilinmaydi. Agar boshqa davlat fuqarolari Saudiya Arabistoniga kirish uchun murojaat qilishdan 14 kun avval ana shu yigirma davlatdan birortasiga safar qilgan bo`lsa, ular ham podshohlik hududiga qo`yilmaydi.  

Independent nashrining xabar berishicha, ushbu taqiq koronavirus tarqalishining oldini olish bilan bog`liq bo`lib, uning qachon nihoyasiga etishi hozircha ma`lum emas.                              

    Boshqa yangiliklar