1

Turkiyaning Jizra shahrida 60 ta kurd jangarisi o`ldirildi

Dunyo 08.02.2016, 20:17
 Turkiyaning Jizra shahrida 60 ta kurd jangarisi o`ldirildi

Turkiyada taqiqlangan “Kurdiston ishchi partiyasi” tarkibida bo`lgan 60 kishi mamlakatning janubi-sharqida joylashgan Shirnak viloyatidagi Jizra shahrida o`tkazilgan antiterroristik tadbir davomida yo`q qilindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Bu tadbir 8 fevral kuni o`tkazildi. Turkiya harbiy kuchlari 70 ta kurd jangarisi yashiringan erto`laga hujum qildi. Qurolli to`qnashuvda 60 ta kurd jangarisi halok bo`lgan. Turkiyaning harbiy maxsus otryadi olgan talafotlar hozircha noma`lum.

2015 yilning dekabr oyidan buyon Jizrada 800 ta kurd jangarisi yo`q qilingan. Kurdiston huquq-tartibot idoralari xodimlarining xabar berishicha, halok bo`lganlar orasida tinch aholi ham bo`lgan. Turkiya inson huquqlarini himoya qilish jamg`armasidan olingan ma`lumotga ko`ra, 2015 yilning 16 avgustidan 2016 yilning 10 yanvarigacha bo`lgan muddatda 1,38 million aholi yashovchi Diyorbakr, Shirnak, Mardin, Xakkari viloyatlarining 19 ta okrugida 162 ta tinch aholi halok bo`lgan, 58 marta komendatlik soati e`lon qilingan. “Kurdiston ishchi partiyasi” Turkiyada o`z xalqining milliy avtonom respublikasini tashkil etmoqchi bo`lganligi sababli terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan.

Turklar bilan kurdlar o`rtasidagi bu qurolli to`qnashuv 2015 yilda Suruch shahrida ro`y bergan teraktdan keyin avj oldi. Qonli to`qnashuvda 32 ta kurd millatiga mansub inson halok bo`lgan. Kurdlar turk hukumatini terrorchilar bilan hamkorlikda ayblab, turk harbiylariga qarshi e`lon qilinmagan urush ochgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1