AsosiyJamiyat

Chinozda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Chinozda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo`shinlari xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida tezkor tadbir o`tkazishdi.

Tadbir davomida, xorijiy davlat fuqarosi E.X. umumiy qiymati 224 million so`mlik, 100 000 dona tibbiyot vositalari va 7995 dona “Leykoplastr” tibbiyot vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar