1

Meteorit tarixda ilk bor inson o`limiga sabab bo`ldi

Dunyo 08.02.2016, 20:27
Meteorit tarixda ilk bor inson o`limiga sabab bo`ldi

Hindistonning Velluru shahridagi injenerlar tayyorlash kolleji korpuslaridan biriga tushgan meteorit bir insonning o`limiga sababchi bo`ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Bu odam sayyoramizdagi samo jismidan halok bo`lgan ilk inson hisoblanadi. Uning o`limiga meteorit tufayli ro`y bergan portlash sabab bo`lgan. Halok bo`lgan odam kollejda avtobus haydovchisi bo`lib ishlagan. Qutqaruvchilar erkak halok bo`lgan joydan portlash natijasida paydo bo`lgan chuqurlikni va samo jismining maydalangan bo`laklarini topishgan.

Og`irligi 10 tonna bo`lgan eng katta samo jismi 2013 yilning 15 fevralida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga tushgan edi. Uning mayda bo`laklari Chebarko`l ko`liga sochilgan, eng yirik bo`lagi esa 600 kilogrammni tashkil etgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1