Markaziy saylov komissiyasining 16 yillik raisi — Mirzo Ulug`bek Abdusalomovning vakolati tugatilmoqda.
68 yoshli Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov 2005 yil 7 maydan buyon MSKni boshqarib keladi. U bundan avval uzoq yillar Oliy xo`jalik sudi raisi va Konstitusiyaviy sud raisi bo`lgan.
Shuningdek, MSKning yana 6 a`zosining vakolati tugatilmoqda. Bu masala Qonunchilik palatasida ko`rildi.
Ma`lum qilinishicha, Qonunchilik palatasida Markaziy saylov komissiyasining 7 nafar a`zosi vakolatlari tugatilishi masalasi ko`rib chiqilgan:
- Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov, Markaziy saylov komissiyasining Raisi
- Janabay Sadikov, huquqshunos;
- Otagaldi Bobojonov, Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumani Xalq qabulxonasi mudiri;
- Muhayyo Jo`raeva, «Hunarmand» uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i;
- Esanboy Rajabov, Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlapi birlashmasi paisi maslahatchisi;
- Erkin Xo`jaqulov, Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudining raisi;
- Jalil Norov (marhum).
Shuningdek, Qonunchilik palatasi 8 nafar yangi a`zolar nomzodini ko`rib chiqdi va ma`qulladi:
- Ergash Yusupov, Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;
- Zayniddin Nizamxo`jaev, Oliy Majlis Senati raisining o`rinbosari
- Aleksandr Farmonov, «O`zelektroapparat» AJ boshqaruv raisi maslahatchisi;
- Muyassar Qodirova, O`zbekiston sog`liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati mas`ul tashkilotchisi;
- ▫️Bahrom Qo`chqorov, Adliya vaziri o`rinbosari;
- Shuhrat Jo`raev, pensiyada;
- Orifjon Bazarov, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori;
- Alisher Usmonqulov, Jizzax politexnika instituti rektori.
Ma`lumot uchun, Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov 1952 yilda tug`ilgan, Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yurist.






