Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov Ulukbek Maripovni respublika bosh vaziri etib tayinlash to`g`risidagi farmonni imzoladi.
“Maripov Ulukbek Asamidinovich Qirg`iz Respublikasining bosh vaziri etib tayinlandi”, - deyiladi prezident rasmiy saytidagi xabarda.

Qirg`iziston poytaxti Bishkekda Maripov bosh vazir etib tayinlanishiga qarshi bo`lgan fuqarolar tomonidan miting uyushtirildi.
Sputnik Qirg`iziston nashrining xabariga ko`ra, mamlakatning yangi hukumati a`zolari, jumladan, bosh vazir Ulukbek Maripov Jo`qorg`i Kengashda qasamyod qilmgan. Qasamyod prezident va parlament deputatlari tomonidan qabul qilingan.
Ma`lumot uchun, Ulukbek Maripov 41 yoshda. U 2016 yildan beri Hisob palatasi raisi sifatida, shuningdek, Moliya vazirligi, FVV, prezident devonida ishlagan. 2011-2015 yillarda Almazbek Atambaevning yordamchisi bo`lgan.






