AsosiyDunyo

Uch marta saratonni enggan 17 yoshli qizni koronavirus "engdi"

'Uch marta saratonni enggan 17 yoshli qizni koronavirus "engdi"'ning rasmi

Amerikaning Missuri shtatidagi Kanzas-Siti shahridan bo`lgan 17 yoshli Espen Dik saraton kasalligini uch marta engdi va Covid-19 kasalligi tufayli vafot etdi. Bu haqda 10 WAVY telekanali ma`lum qildi.

To`rt yoshida Dikka o`tkir limfoblastik leykemiya tashxisi qo`yilgan. Qiz to`rt yil davomida kimyoviy terapiyadan o`tdi,  suyak iligi transplantasiyasini boshidan o`tkazdi. Xavfli prognozlariga qaramay, bola tanasi onkologiyaning uchta shakli bilan kurashdi va ularni enga oldi.

2020 yil noyabr oyida maktab o`quvchisiga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo`yildi. U Rojdestvo oldidan kasalxonaga yotqizilgan va shu vaqtdan beri reanimasiyada edi. Espen Dik 30 yanvar kuni vafot etdi.

Espenning otasi koronavirus saratondan ham battarroq bo`lib chiqdi, deydi farzandining o`limi haqida.

Avvalroq, tibbiyot xodimlariga yordam uchun 44 mln dollar yig`gan 100 yoshli kapitan koronavirusdan vafot etgani haqida xabar qilgandik.

    Boshqa yangiliklar