AsosiyDunyo

Xitoyda maktab o`quvchilariga telefondan foydalanishi taqiqlandi

'Xitoyda maktab o`quvchilariga telefondan foydalanishi taqiqlandi'ning rasmi

Xitoyda maktab o`quvchilarining telefondan foydalanishi taqiqlandi, deya xabar bermoqda BBC nashri.

O`quvchilarga ota-onasining yozma roziligisiz maktabga telefon bilan kelish va uni ishlatish taqiqlandi.

Ta`lim vazirligining izohiga ko`ra, bu bilan bolalarning ko`rish qobiliyati yomonlashmasligining oldi olinadi, bolalar darsga ko`proq diqqat qiladi va internetga mukkasidan ketishmaydi.

Hozir Xitoyda 18 yoshgacha bo`lgan bolalarning 74 foizida internetli telefon bor va bu yoshdagi bolalarning yaqinni ko`rish qobiliyati susayishi statistikasi oshgan.

    Boshqa yangiliklar