Xonanda J.U.ning ishi bo`yicha dastlab jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etgan IIB tergovchisining harakatlari prokuratura tomonidan o`rganilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi ma`lum qildi.
Voyaga etmagan Sh.M.ni majburlab nomusiga tekkanligi holati yuzasidan J.U.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi, jinoyat ishlar bo`yicha Kattaqo`rg`on shahar sudida mazmunan ko`rilib, sudning 02.02.2021 yildagi hukmi bilan J.U. va boshqalar aybdor deb topilib, ularga nisbatan sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi.
Hozirda ushbu holat bo`yicha dastlab tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borib, yuz bergan holatda biron bir shaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi asos bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilgan Kattaqo`rg`on tuman IIB TB tergovchisining harakatlari bo`yicha Kattaqo`rg`on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, bir muddat avval taniqli estrada xonandasi Samarqanddagi liseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani haqida xabar qilingan edi. Keyinchalik, ushbu shaxs estrada xonandasi Jasur Umirov degan taxminlar paydo bo`lib, holat yuzasidan qayta tekshiruv tayinlangani va jinoyat ishi ochilgani xabar qilindi. Shundan so`ng, ishda to`plangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e`lon qilinib, sudning 21.12.2020 yildagi ajrimiga asosan xonandaga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan va ish sudga oshirilgan edi. Kecha, 2 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on shahar sudi tomonidan Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga doir:






