Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an dushanba kuni birinchi mahalliy haydovchisiz elektr avtobusini sinovdan o`tkazdi.
Ma`lum qilinishicha, Karsan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan haydovchisiz elektr avtobus davlat rahbariga ma`muriy majmua hududida taqdim etildi. Deyarli jim turgan elektr avtobusning uzunligi 8 metrni tashkil qiladi. Davlat rahbari yil oxiriga qadar 24 metrli haydovchisiz elektr avtobusini qurish rejalashtirilganligini aytdi.
"Turkiya elektr avtobuslar bozorida munosib o`rin egallashiga ishonaman. Tez orada avtobuslarning seriyali ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yiladi ", - dedi Erdo`g`an.
Erdo`g`an, mahalliy haydovchisiz elektr avtobuslarining seriyali ishlab chiqarilishi tufayli Turkiya jahon avtomobil bozorining ushbu segmentida munosib o`rin egallashiga va mahalliy kompaniyalar global brendlarga aylanishiga umid bildirdi.





