Yangiyo`lda joylashgan 6-maktabdagi sinfxonalardan birida shift ko`chib tushish holati yuz berdi. Hodisa oqibatida ikki nafar o`quvchi jarohatlanib, ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko`rsatildi. Ushbu holatga Xalq ta`limi vazirligi munosabat bildirdi.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur maktabdagi mukammal ta`mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyati buyurtmasiga asosan viloyatga ajratilgan qo`shimcha 3,3 mlrd.so`m mablag` evaziga "Ahmadxoji al-Avaz" MChJ tomonidan amalga oshirilgan.
Ayni damda shahar hokimining topshirig`iga ko`ra shahar prokuraturasi, xalq ta`limi bo`limi mudiri, qurilish tashkiloti bilan birgalikda maktabni shift qismlarining chidamliligini qayta tekshiruvdan o`tkazilmoqda.
"️Kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida barcha viloyatlardagi qurilish bo`yicha mutasaddilar hamda quruvchi tashkilotlardan maktablardagi qurilish va ta`mirlash ishlariga mas`uliyat bilan yondoshishni, uning sifat jihatiga alohida e`tibor bergan holda maktabni kelgusida bolalar ekspluatasiyasi uchun xavfsiz holda topshirishni so`rab qolamiz" deyiladi xabarda.






