AsosiyJamiyat

Misrning "Fly Egypt " aviakompaniyasi O`zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshiradi

'Misrning "Fly Egypt " aviakompaniyasi O`zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshiradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati o`rtasida tuzulgan Havo qatnovi to`g`risidagi Bitim asosida Transport Vazirligi huzuridagi “O`zaviasiya” Agentligi tomonidan “Fly Egypt” aviakompaniyasiga O`zbekiston Respublikasiga muntazam ravishda aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 2021 yil 3 fevralda 7-K-sonli ruxsatnomasi berildi. Bu haqda O`zbekiston Transport vazirligi  Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Ruxsatnoma Qohira – Toshkent – Qohira va Sharm al-Shayx  – Toshkent – Sharm al-Shayx yo`nalishlarida parvozlar uchun berildi.

Aviakompaniya reyslarni Boing-737-700/800 havo kemalarida amalga oshirishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar