FVV Axborot xizmatining dastlabki xabariga ko`ra, hodisa bugun, 4 yanvar kuni soat 17:50 da Buxoro shahrining Islom Karimov ko`chasida joylashgan qurilayotgan 8 qavatli binoda sodir bo`lgan. Dastlabki taxminlarga ko`ra, ko`p qavatli uyning uchinchi qavatida gaz-havo aralashmasi tarqalishi sodir bo`lgan, natijada uch kishigacha turli xil tan jarohatlari olgan. Halok bo`lganlar haqidagi ma`lumotlar hali xabar qilinmagan. Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari favqulodda vaziyatda ish olib borishmoqda.
"Yangi ma`lumotlar paydo bo`lishi bilan biz sizni rasmiy manbalarimiz orqali xabardor qilamiz", deyiladi FVV xabarida.