AsosiyJamiyat

Sayyohlarga tezkor yordam ko`rsatuvchi Call-markaz ishga tushdi

'Sayyohlarga tezkor yordam ko`rsatuvchi Call-markaz ishga tushdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Xavfsiz turizmni ta`minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi Call-markazi o`z ish faoliyatini boshladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo`mitasi ma`lum qildi.

Call-markaziga "1173" qisqa raqam orqali murojaat qilish mumkin. Call-markazning asosiy vazifasi sayyohlarning murojaatlarini telefon orqali qabul qilish va ichki ishlar organlari vakolatlari doirasida ularga tezkorlik bilan zaruriy yordam ko`rsatish hisoblanadi. 

Call-markaz zamonaviy axborot-kommunkasion texnologiyalar bilan jihozlangan bo`lib, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari IIBlari xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmalari navbatchilik qismlari bilan bog`langan. Ko`rsatilgan raqamga respublikaning barcha hududlaridan qo`ng`iroq qilish mumkin. 

Call-markazning o`zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladigan malakali mutaxassislari dam olish kunlarisiz tunu-kun faoliyat ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar