Avvalroq, Buxorodagi 9 qavatli uyda portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik. Buxoro shahar I.Karimov ko`chasida havo gaz aralashmasi oqibatida yuzaga kelgan chaqnash to`g`risida Buxoro viloyat hokimligi qo`shimcha ma`lumot berdi.
Bino "White Group Trading" MChJ tomonidan (rahbari Karomatov Jamshid Jalolovich) 2019 yilda aholi tomonidan qabul qilingan buyurtma orqali qurilishi boshlangan.
Loyiha bo`yicha 3 ta pod`ezdda jami 70 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish uchun davlat tomonidan kredit moliyalashtirilmagan.
Chaqnash vaqtida bino ichida 10 nafar quruvchi va 3 nafar gazpayvandlovchi ustalar bo`lgan.
Chaqnash sabablari: gaz payvandlash ishlari 3 oy oldin boshlangan. 4 fevral kuni montaj to`liq tugatilib, sinovdan o`tkazilgan. Sinovdan o`tkazish vaqtida chaqnash sodir bo`lgan xonadonda gaz quvurining to`sgichi (zaglushka) bo`lmaganligi sababli sizib chiqqan gaz havo bilan aralashib, chaqnash sodir bo`lgan.
Jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot:
1. Rizoev Ahad Toshevich,1982 y.t., Kogon sh Birdamlik ko`chasi 1 uy, ahvoli og`ir
2. Jo`raeva Feruza, Buxoro sh. Chorbakr ko`chasi, ahvoli engil
3. O`rinova Shaxnoza, 1981 y.t. Jondor tumani, ahvoli engil
4. Roziqova Nargiza, 2000 y.t., Jondor tumani, ahvoli engil
5. Jo`raev Bexruz, 1999 y.t., Jondor tumani , ahvoli engil
6. Mahmudova Mohinur, ahvoli engil
Qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etib boriladi.






