Samarqandda o`zining 6 yoshli o`g`lini bo`g`ib o`ldirgan otaga nisbatan sud hukmi o`qildi. Bu haqda «O`zbekiston 24» telekanali xabar berdi.
Sudlanuvchi R.D. turmush o`rtog`i (da`vogar) bilan arzimagan narsalar uchun urishib qoladi, shunda ayol arazlab onasinikiga ketadi, oradan bir oz vaqt o`tib u katta farzandini o`zi bilan olib ketadi. Da`vogar tomon bir necha marotaba o`g`lini qaytarishni so`ragan, sudlanuvchi o`g`lini yashirib boshqa erda yashab yurgan.
Voqea sodir bo`lgan kuni mahalla mas`ullari, profilaktika inspektori va kayvonilar bu oilani yarashtirish uchun sudlanuvchining uyiga kelishi kerak edi. Shunda ota o`g`li Doston bilan uyiga qaytadi, ammo xotini ham, mahalladagilar ham kelmaydi. Ota shunda farzandi va o`zining joniga qasd qiladi. 6 yoshli Doston bo`g`ib o`ldiriladi, ammo ota tirik qolgan.
Sud R.D.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan aybli deb topdi va 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.






