Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi, deya xabar bermoqda Huquqiy axborot kanali.
Prezident qarori (PQ–4977-son, 04.02.2021 y.) bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi. Mazkur Fond:
● Alisher Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik g`oyalari va ilmiy-adabiy merosini yurtimizda va xalqaro miqyosda keng o`rganadi va targ`ib qiladi;
● Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, mukammal ilmiy nashrlarini yaratadi hamda ularni respublikada va chet ellarda nashr etadi;
● Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga ko`maklashadi.
Qaror bilan shuningdek, Fond Vasiylik kengashi tarkibi hamda Fond tuzilmasi ma`qullandi.






