Yangiyo`lda 1-sinf o`quvchisini o`g`irlamoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olingani haqida xabar bergan edik.
Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov mazkur holatga o`z munosabatini bildirdi.
"Toshkent viloyatining Yangiĭŭl shahrida ŭquvchi qizni ŭg`irlamoqchi bo`lgan shaxs Milliĭ gvardiya tomonidan qŭlga olingani haqida ma`lumot berildi. Undagi fotoni kŭrib ichlarim titrab ketdi. Bundaĭ ifloslarni basharasini ochiq kŭrsatish kerak. Nima uchun qora qilib berkitilgan? Ikkinchidan ushbu qizaloqni kŭrib qolib, befarq bŭlmagan fuqaro Abdulaziz Obidov qizaloqni sog`-salomat ta`lim olaëtgan maktabiga etkazib, sinf rahbariga topshirgani qaxramonlik deb hisoblaĭman. Hurmatli Abdulaziz Obidov- sizga ming tazim. Alloh sizdek odamlar sonini yurtimizda kŭpaĭtirsin. Qizlari bor barcha ota-onalar nomidan ming rahmat sizga hurmatli Abdulaziz Obidov. Aslida sizning ushbu harakatingiz uchun davlat mukofoti berilishi kerak. Siz bundan yuksak mukofotga loĭiqsiz. Hurmatli matbuot xodimlari va blogerlar, sizdan katta iltimos, kŭproq ëritaĭlik shundaĭ qaxramonlarni, zero ular faqat va faqat kŭpaĭsin. Bolalarga kŭz olaĭtirgan xaĭvonlar qamoqda chirisin. Dunëni manaman degan inson huquqlari tashkiloti tanqid qilsa ham shu fikrimda qolaman. Milliĭ gvardiya xodimlari sizlarga esa faqat respekt. Bor bŭling doim!!!",–deydi Allamjonov






