Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yil – “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturini tasdiqlash to`g`risidagi Farmonni imzoladi.
Unga ko`ra, 2021 yilda davlat boshqaruvi xodimlari soni o`rtacha 15 foizgacha optimallashtiriladi.
2021 yil 1 iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus “E-qaror” elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.
2021 yil 1 maydan quyidagilarga oid moliyaviy ma`lumotlarni OAV va Internetda e`lon qilish amaliyotini joriy etiladi:
➖ davlat organlari byudjetdan tashqari jamg`armalarining daromadi va xarajatlari;
➖ ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar hamda ularga ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig`i tegishli bo`lgan yuridik shaxslar xaridlari;
➖ davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari.






