6-8 fevralda O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 6-7 fevralda respublikada shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7-8 fevralda respublikada yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, baland tog`larda qorga aylanadi.
7-8 fevralda havo harorati kechalari 3-8° iliq, kunduz kunlari 10-15° iliq atrofida bo`ladi.






