Joriy yilning 31 yanvar kuni Farg`ona shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda.
Farg`ona shahar, Yangi asr ko`chasida piyoda ketayotgan 2003 y.t. voyaga etmagan, Farg`ona shahar “Ibn Sino” mahallasida yashovchi, kasb-hunar kolleji talabasi, fuqaro K.O. to`xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, egnidagi shimida kelgusida o`tkazish maqsadini ko`zlamay, qonunga xilof ravishda o`tkir hidli “nasha” giyohvandlik vositasiga o`xshash moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, tekshirib ko`rish uchun olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko`ra, K.O. yonidan olingan moddaning sof vazni 1,07 gramm “Marixuana” giyohvand vositasi ekanligi aniqlangan.
Shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






