AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritildi

'O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritildi'ning rasmi

Parlament yuqori palatasining o`n ikkinchi yalpi majlisida senatorlar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar  kiritish  to`g`risidagi masalani ko`rib chiqdi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasi 3-bandiga va “O`zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq, Halilillo Sobirjonovich Turaxujaevni lavozimda bo`lishning muddatsiz davriga O`zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o`rinbosari – fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay`ati raisi lavozimiga saylash to`g`risida qaror qabul qilindi. 

Shuningdek, mazkur qaror bilan Lukmon Muxtarovich Kadirov, Tal`atjon Baxtiyorovich Meliboev, Abdurasul G`apporovich Eranovni boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar