Prezident Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga tashrifi mart-aprel oylarida bo`lishi kutilayotganligi, ikki davlatning hukumat rahbarlari tashrifga tayyorgarlikni muhokama qilishyotganligi haqida xabar berilgan edi.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov Moskvaga tashrif borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi.
Uning ta`kidlashicha, chindan ham kecha, 4 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmaota shahrida Rossiya Federasiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashuv o`tkazgan.
Uchrashuvda xabarlarda aytilganidek mart-aprel oylarida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning Moskvaga tashrifi emas, Hukumat rahbarlari darajasida Qo`shma komissiyaning navbatdagi yig`ilishini o`tkazish masalasi muhokama qilingan.






