AsosiyJamiyat

“Jinoyatchilarni ismi, otasini ismi bilan televedenieda fosh etish kerak” - Prezident

'“Jinoyatchilarni ismi, otasini ismi bilan televedenieda fosh etish kerak” - Prezident'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Farg`ona shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda. 

Ushbu yig`ilishda ishtirok etayotgan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovga ko`ra,  yig`ilishda Prezident Shavkat Mirziyoev ichki tizimida ham muhim islohotlar qilish keraklirigiga to`xtalib o`tdi.  

“Zabardast ichki ishlar xodimlarining oyligini ham oshirish, sharoit ham yaratish chorasini ko`ramiz”, - dedi Prezident.

Shuningdek, Farg`ona tajribasi sifatida davlat rahbari jinoyatchilik bilan kurashish va oldini olishda uning tarbiyaviy ahamiyatiga ham e`tibor qaratish kerakligini ta`kidlab, viloyat ichki ishlar boshqarma boshlig`i Doniyor Toshxo`jaevga shunday topshiriq berdi:  

“Jinoyatchilarni nomi bilan, otasini ismi bilan 15 kunda bir martta televedenie, gazetada fosh etish kerak. Biz jinoyatchilarni sud qilamiz, lekin ommaga oshkor qilmaymiz. Farg`ona tajribasi sifatida shu ishlarni amalga oshirasan!”, - dedi davlat rahbari.

 

    Boshqa yangiliklar