AsosiyJamiyat

Senat tomonidan 3 mingdan ortiq masalani hal etish uchun hukumatga qariyb 28 trln so`m mablag` ajratishga doir takliflar kiritilgan

'Senat tomonidan 3 mingdan ortiq masalani hal etish uchun hukumatga qariyb 28 trln  so`m mablag` ajratishga doir takliflar kiritilgan'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, bugun, 5 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.

Yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinmoqda.

Xususan, Senat Raisi Tanzila Narbaeva Oliy majlis yuqori palatasining 2020 yildagi faoliyati va joriy yilga mo`ljallangan ustuvor vazifalariga  ham to`xtalib o`tgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.

"– O`tgan yil parlament, jumladan, Senat uchun ham muhim yil bo`ldi. Yangi saylangan tarkib sifatida faoliyatimizning ilk yili murakkab va sinovli davrga to`g`ri keldi. Asosiy e`tibor Konstitusiya va qonunlarda belgilangan vakolatlar, davlatimiz rahbarining o`tgan yilning yanvar oyida yangi saylangan parlament a`zolari bilan bo`lgan uchrashuvlarda hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan, qolaversa, pandemiya sharoitida vujudga kelgan dolzarb vazifalarni to`la-to`kis amalga oshirishga qaratildi. Senat faoliyati bir kunga bo`lsa-da, to`xtab qolgani yo`q. Qaysi qonun yoki Davlat dasturi ijrosi o`rganilmasin, qaysi hududga chiqilmasin, qaysi vazir yoki hokimning hisoboti eshitilmasin, avvalo, bu odamlar uchun qanday naf keltiradi, aholini bugun nima ko`proq tashvishga solyapti, uni hal qilish uchun nima qilish kerak, degan sodda va aniq yondashuvga tayanildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid muammolarni o`rganish yakunlari bo`yicha Hukumatga 3 mingdan ortiq masalani hal etish uchun qariyb 28 trln. so`m mablag` ajratishga doir takliflar kiritildi. Mazkur takliflar asosida birgina joriy yilning o`zida Davlat byudjeti parametrlari va investisiya dasturlari doirasida 8 trln. so`mdan ortiq mablag` ajratilishiga erishildi, – dedi Senat raisi T.Narbaeva. 

    Boshqa yangiliklar