Joriy yilning 4 fevral kuni Toshkent shahri Aeroportlarda XTB TvaEQKB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy tarzda "dron" olib kirmoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar qildi.
"Istambul-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan, 1980 yilda tug`ilgan, Andijon viloyati, Marhamat tumanida ro`yxatda turuvchi U.T. yashil yo`lakdan o`tib kelayotgan vaqtida yonidagi sumkasi ichidan kurtkaga o`ralgan alohida bo`laklarga bo`lingan 1 dona “SUMA” rusumli Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchuv qurilmasi "dron" borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






