Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim guruhlar va Telegram kanallarida o`qituvchilarga pedagog kadrlar attestasiyasi uchun malaka (test) sinovlarida tushadigan savollarni sotib olish taklif etilmoqda.Ta`lim inspeksiyasi firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirdi.
“Hurmatli ustozlar!
Ta`lim inspeksiyasi Sizlarni attestasiyaga oid bu kabi yolg`on ma`lumotlarga ishonib, qimmatli vaqtingiz va pullaringizni bekor sarflamaslikka chaqiradi!
Malaka (test) sinovi uchun tuziladigan savollar bazasi har yili butunlay yangilab boriladi va bu ma`lumotlarning uchinchi tomonga taqdim etilmasligi qat`iyan kafolatlangan.
Agar sizga kimdir ma`lum miqdordagi to`lov evaziga shu kabi xizmatlarni taklif qilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishni tavsiya qilamiz.
Pedagog kadrlar attestasiyasiga oid boshqa yangiliklar haqida Ta`lim inspeksiyasi rasmiy kanali orqali xabar berib boriladi”,–deyiladi xabarda.






