Yo`l-ta`mirlash ishlarini tezroq yakunlash maqsadida Amir Temur shox ko`chasi ustidan o`tgan ko`prikning (mo`ljal “Universam”) bir tomoni “Yunusobod” metro bekatidan 7-son Shahar klinik shifoxonasi yo`nalishida transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ishlar 13 fevral kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.
Vujudga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya etamiz.
Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.






