AsosiyJamiyat

Farg`onada YPX xodimiga pora berayotgan fuqaro qo`lga tushdi

'Farg`onada YPX xodimiga pora berayotgan fuqaro qo`lga tushdi'ning rasmi

Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Keltirilishicha, joriy yilning 29 yanvar kuni soat 12:00larda, Farg`ona viloyati, Farg`ona shahar, Quvasoy ko`chasida belgilangan taqsimot asosida xizmat olib borgan YPX xodimi X.Xamidov tomonidan “Lasetti” rusumli avtomobil to`xtatilgan.

Tekshiruv davomida, avtomobilning yon oynalari tusi ruxsatsiz qoraytirib olinganligi aniqlangan va haydovchi O.S.ga nisbatan belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Joriy yilning 30 yanvar kuni haydovchi O.S. YPX xodimiga qo`ng`iroq qilib, avtomobilini jarima maydonchasidan olib chiqish evaziga 500.000 (besh yuz ming) so`m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

YPX xodimi haydovchining ushbu taklifini bildirgi orqali viloyat IIB boshlig`i nomiga yozib, qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Xodimning bildirgisi asosida, joriy yilning 30 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Farg`ona shahrida joylashgan “Suv sport saroyi” avtoturargohida fuqaro O.S. YPX xodimi X.Xamidovga 500.000 (besh yuz ming) so`m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.

Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro O.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi (pora berish)si 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.     

    Boshqa yangiliklar