AsosiyJamiyat

Ko`hna va qadimiy Samarqandga sayohat qilishni istaysizmi?

'Ko`hna va qadimiy Samarqandga sayohat qilishni istaysizmi?'ning rasmi

Samarqand dunyodagi eng qadimgi shaharlardan biridi, arxeologik ma`lumotlarga ko`ra miloddan avvalgi VIII asrda tashkil etilgan. 

2000 yildan ortiq vaqt davomida bu shahar Xitoy va Evropa o`rtasidagi Buyuk Ipak yo`lining muhim nuqtasi, shuningdek, O`rta asr Sharqidagi ilm-fanning asosiy markazlaridan biri bo`lgan.

Samarqand Temuriylar sulolasining poytaxti edi. Shaharning me`moriy durdonalarining katta qismi shu davrda qurilgan. Bu Samarqandning eng yuqori rivojlanish davri bo`lgan.

2001 yilda shahar va uning tarixiy me`moriy va arxeologik yodgorliklari "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan YuNESKOning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan.

Agar shunday tarix so`zlab turgan Samarqandning qadimiy go`shalariga sayohat qilishni istasangiz, "Mening yurtim" telekanali sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. 

Manuchehr Qalandarzoda bilan bu gal ko`hna Samarqandga sayohat qiling!

Ekslyuziv lavhalarga boy "Xush ko`rdik" ko`rsatuvini shanba soat 17:00da "Mening Yurtim"da birgalikda tomosha qilamiz!

    Boshqa yangiliklar