1

Germaniyada ikki yo`lovchi poezdi to`qnashib ketdi

Dunyo 09.02.2016, 14:18
Germaniyada ikki yo`lovchi poezdi to`qnashib ketdi

Germaniyaning Bavariya shahrida ikki yo`lovchi poezdi to`qnashib ketdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

YTH Xolskirxen-Rozenxaym stansiyalari orasidagi hududda sodir bo`ldi. YTH oqibatida halok bo`lganlar bor, ularning soni hozircha ma`lum emas.

Mahalliy OAVlar halok bo`lganlar kamida sakkiz kishi ekanligini ma`lum qilgan.

Reuters axborot agentligi esa polisiya to`rt nafar jasadni topganini ma`lum qilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, 150 dan ortiq kishi jabrlangan, ulardan 10 nafari og`ir ahvolda.

Yo`l-transport hodisasi sabablari hozircha noma`lum. Hodisa joyida qutqaruvchilar guruhi ishlamoqda

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1