AsosiyJamiyat

Og`ir ijtimoiy vaziyatda bo`lgan ayollarga uy-joy olishga ko`maklashish amaliyoti bekor qilinganmi?

'Og`ir ijtimoiy vaziyatda bo`lgan ayollarga uy-joy olishga ko`maklashish amaliyoti bekor qilinganmi?'ning rasmi

Bugun, 6 fevral kuni AOKAda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva ishtirokida brifing tashkil etildi.

Saodat Boymirzaeva og`ir ijtimoiy vaziyatda bo`lgan ayollarga uy-joy olishga ko`makalshish amaliyoti bekor qilinmaganini ta`kidladi.

“Yo`q! Aksincha, uy-joyga muhtoj ayollar muammolari bilan ishlashga keyingi yillarda juda katta e`tibor qaratilishi belgilab olingan. Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash masalalari joriy 2021 yilgi Davlat dasturida ham o`z ifodasini topgan. 

2020 yilda Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi hisobidan 1246 nafar uy-joyga muhtoj, og`ir turmush sharoitidagi va nogironligi bo`lgan xotin-qizga uy-joy qurilishi uchun 10 foizli boshlang`ich badali jami 21 mlrd 746 mln so`m mablag` to`lab berildi”,–deydi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi xodimi.

Boshqa yangiliklar