1

Xeops piramidalariga chiqqan sayyohning Misrga kirishini umrbod taqiqlashdi

Dunyo 09.02.2016, 14:32
Xeops piramidalariga chiqqan sayyohning Misrga kirishini umrbod taqiqlashdi

Misrda qadimiy obidalarni saqlash  bilan shug`ullanuvchi tashkilot 18 yoshli Germaniya fuqarosi Andrey Chiselskiyni Gizadagi 139 metrlik Xeops piramidasiga chiqishini “qonunni buzganlik” deb ataldi.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, sayyohni umrbod Misrga kiritmaslik haqida qaror qabul qilindi.

Qonunbuzarning aytishicha, u piramidaga rasm tushirish uchun o`rmalaganda, pastda turgan odamlar unga arabchalab baqirishgani uchun tushunmaganligini, ammo qadimgi arxitektura yodgorligining yuqorisiga chiqishdan to`xtamagach, polisiya chaqirishganini bildirgan. Bunday qonunbuzarlikka Misrda uch yilgacha qamoq jazosi beriladi. Myunxenlik sayyohning omadi keldi, polisiya uni so`roq qilib bo`lgach, sayohatni davom ettirish uchun ruxsat berdi.

Andrey Chiselskiyga bundan buyon piramidalar ustida suratga olish orzusi hech qachon amalga oshmasligini bildirib, uni Misrga qayta kiritmasliklari haqida ogohlantirishdi. Andrey Chiselskiy ilgarilari ham Nyu-York va Gonkong osmono`par binolari ustida bir necha marotaba suratga tushgan.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1