AsosiyJamiyat

Yozyovon tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Yozyovon tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 6 fevral kuni bo`lib o`tgan xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilshodjon Tursunmurodovich Jalilov tuman hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Dilshodjon Jalilov bugungacha "Farg`ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

1980 yilda Farg`ona shahrida tug`ilgan. Farg`ona politexnika instituti, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Kecha Davlat rahbari ishtirokida bo`lib o`tgan xalq deputatlari Farg`ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yozyovon tuman hokimi Yo`lchiboy Boyyigitov yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar