AsosiyJamiyat

Quva tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

'Quva tumaniga ham yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Avvalroq Yozyovon tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida yozgan edik.

Bugun, 6 fevral kuni Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o`rinbosari Qahramon Quranboev ishtirok etdi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyov 5 fevral kuni Farg`ona shahrida bo`lib o`tgan xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanlardagi mutasaddilarning ish uslubi, joylardagi muammolarga ham to`xtalib o`tib, quyi pog`onadagi, tuman miqyosidagi rahbarlar o`ziga mas`uliyat olmayotganini qayd etgandi.

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida lavozimidan ozod etilgan Ravshan Qurbonov o`rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog`liq tashkiliy masala ko`rildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Halimjon Komilovich Umarov nomzodi Quva tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo`llab-quvvatlandi va Halimjon Umarov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

2019 yil mart oyidan beri Farg`ona viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari bo`lib ishlab kelgan Halimjon Umarov 1967 yilda tug`ilgan. 2006-2018-yillar Toshloq, 2018-2019 yillar Quva tumani hokimi bo`lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar